Vazifamiz — binolarni asrash.
“Ma’muriy binolardan foydalanish boshqarmasi” davlat muassasasi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazining tizim tashkiloti. Boshqarma bino faoliyatini samarali tashkil etish uchun zarur ma’muriy, texnik va infratuzilmaviy sharoitlarni ta’minlaydi.
Boshqarmaning asosiy faoliyati davlat tasarrufidagi binodan samarali, oqilona va maqsadli foydalanishni tashkil etish, uning texnik sozligi, saqlanishi va uzluksiz faoliyatini ta’minlashga qaratilgan.
Muassasa binoni saqlash va undan foydalanish, ta’mirlash ishlarini tashkil etish, muhandislik-kommunikatsiya tizimlarining barqaror ishlashini ta’minlash, elektr energiyasi, suv, isitish va boshqa kommunal xizmatlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi.
Boshqarma davlat mulkidan samarali foydalanish, bo‘sh turgan xonalarni belgilangan tartibda ijaraga berish, mavjud mulkiy resurslardan oqilona foydalanish va ularning iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘nalishida ham faoliyat olib boradi.
Boshqarmaning asosiy maqsadi — zamonaviy, xavfsiz, qulay va samarali boshqariladigan ma’muriy infratuzilmani yaratish hamda davlat mulkining saqlanishi va undan oqilona foydalanilishini ta’minlash.
Boshqarma o‘z faoliyatida samaradorlik, mas’uliyat, tejamkorlik, qonuniylik va davlat mulkiga ehtiyotkorona munosabat tamoyillariga tayanadi.

